Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevga Turkiyaning yangi elektromobili jo‘natildi

Shavkat Mirziyoyevga Turkiyaning yangi elektromobili jo‘natildi

Joriy yil 4-aprel kuni Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘on mamlakatda ishlab chiqarilgan «Togg» rusumli elektromobilning Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga sovg‘a qilishini aytgan edi.

Ilhom Aliyev mazkur rusumdagi avtomobilni allaqachon qabul qilib olgan. Shavkat Mirziyoyevga kecha, 9-aprel kuni jo‘natilgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi. 

«Togg» allaqachon mamlakat yo‘llarida. Ulardan biri mening birodarim, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga berildi. Shunday mashinalardan birini boshqa birodarim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga jo‘natyapmiz. O‘zbekiston Prezidenti yaqin kunlarda Turkiyaning ilk mahalliy elektromobili – «Togg»ni qabul qiladi», degan u.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring