Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevga matbuot kotibi tayinlandi

Shavkat Mirziyoyevga matbuot kotibi tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Sherzod Asadov O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosari, matbuot kotibi lavozimiga tayinlanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi davomida ma’lum qilib o‘tdi.

— Ma’lum vaqt davomida matbuot kotibi lavozimi vakant bo‘lib keldi. Ushbu lavozimga Sherzod Asadovni loyiq ko‘rdik. U xorijda faoliyat yuritgan, bir nechta tillarni biladi.

Umuman, barcha tashkilotlar matbuot kotiblarining malakasini oshirishimiz lozim, — dedi Prezident.

Ma’lumot uchun, Sherzod Asadov avvalroq O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, YeXHT va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili bo‘lib ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring