Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Yun Sok Yolga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Yun Sok Yolga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Seul shahri markazida yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolga ta’ziya yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Avvalroq hodisada halok bo‘lganlar soni 151 kishiga yetganini ma’lum qilingandi. Qurbonlar orasida o‘zbekistonlik ham bor.

Eslatib o‘tamiz, ushbu fojiaga Seulning Itxevon ko‘chasida Xellouin bayramini nishonlash chog‘ida yuz bergan tiqilinch sabab bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring