Shavkat Mirziyoyev: «Yo qilishim kerak, yo ketishim!»

Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning parlamentga qilgan murojaati necha kundirki, keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda. Davlat rahbari o‘z murojaatida mamlakat ravnaqi uchun o‘zi ham, boshqalarni ham ayamasligini ta’kidladi.
«Bizda ayrim investitsiyalarning «kalamushlari» bor edi. Ochig‘ini aytganda, birovning farzandlari bor edi. Ishimizga salbiy ta’sir qilgani haqiqat. O‘zbek millatiga manfaat olib kelmagan investitsiyalar ko‘p edi. Endi ularga xalq menga ishongani uchun o‘zim qo‘l qo‘yaman. Buni tushungan odam tushunadi.
Men buni nima uchun aytyapman? Biz birinchi yil hammamiz bir-birimizni sinadik. Xalqimiz sinayapti, kutyapti. Ana shu sinovdan qanday o‘tayotganimizni deputatlar, Bosh vazir nazorat qilishi kerak.
Ba’zilar aytishi mumkin: «Sen Bosh vazir bo‘lib shularni bilmaganmisan», deb. Bilganman. Lekin ahvol juda chatoq edi. Bizda «xudojniklar» bor edi, raqamlarni chizardi. U davrlar o‘tdi endi. Endi Bosh vazir har bir dollarni hisob-kitob qilib, joy-joyiga qo‘yishi kerak.
Agar shu ishlar amalga oshmasa odamlarning menga ham yil sayin ishonchi susayib ketaveradi. Men buni to‘g‘ri tushunaman. Yo qilishim kerak yo ketishim. Bir-ikki yil o‘zimniyam, boshqalarniyam qiynayman. Lekin hammayam bunga chidolmayapti», — dedi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter