Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yangi imperatoriga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yangi imperatoriga tabrik yo‘lladi

Foto:«UNN»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning bir yuz yigirma oltinchi imperatori sifatida taxtga o‘tirgani munosabati Yaponiya Imperatori Naruxitoga qutlovlar va eng ezgu tilaklar bitilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident o‘z maktubida Naruxitoning «Reyva» deb nom olgan hukmronlik davrida Yaponiya barqaror va uyg‘un rivojlanishiga, mamlakatning jahondagi yetakchi o‘rni yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

«Umid qilamanki, Sizning ko‘magingiz bilan O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligini mustahkamlash va kengaytirish borasidagi aniq maqsadga yo‘naltirilgan birgalikdagi sa’y-harakatlar davom ettiriladi» , - deb ta’kidlagan Prezident tabrigida.

Eslatib o‘tamiz, aprelning so‘nggi — 30-sanasida yapon imperatori Akixito o‘z xohishi bilan taxtdan voz kechib, uni o‘g‘li valiahd shahzoda Naruxitoga bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring