Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev yangi samolyot bilan tanishdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev yangi samolyot bilan tanishdi (foto)

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashingtondan qaytib, Toshkent xalqaro aeroportida yangi Boing-787 samolyotini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu avialaynerni ko‘zdan kechirdi, xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Milliy aviakompaniya orqali qatnovchi yo‘lovchilarni ko‘paytirish, odamlarga qulayliklarni oshirish zarurligini ta’kidladi.

Foto: «President.uz»

«O‘zbekiston havo yo‘llari»dan ma’lum qilishlaricha, Vashington shahrida milliy aviakompaniya bilan AQShning «Boing» kompaniyasi o‘rtasida bitim imzolangan. 2019-yilda ikkita, 2020-yilda yana bitta «Dreamliner» olib kelinadi.

Ma’lumot uchun, «orzu layneri» deb nomlanuvchi ushbu havo kemasi 14 ming kilometrga to‘xtovsiz ucha oladi. 270 yo‘lovchi o‘rniga ega. Samolyot borti kompozit materiallardan tayyorlangani yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlaydi. «Aqlli» texnologiyalar, salondagi kamfort yo‘lovchilarga zamonaviy qulaylik yaratadi.

Foto: «President.uz»

Ma’lumki, ilgari 2 ta shunday samolyot sotib olingan edi. Prezidentning joriy yil fevral oyidagi topshirig‘iga muvofiq, juda qisqa vaqtda yana bitta «Dreamliner» xarid qilindi. Davlat rahbarining AQShga rasmiy tashrifi yakunida ushbu havo kemasi yurtimizga olib kelindi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining aviaparkiga navbatdagi yangi avlod samolyoti — «Boeing-787 Dreamliner» olib kelingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring