Shavkat Mirziyoyevning yangi haftadagi rejalari ma’lum bo‘ldi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov navbatdagi brifingda davlat rahbarining rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Boshlangan haftada Davlat rahbarining ish jadvalidan mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlanagan qator muhokamalarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
Jumladan, bugun elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yo‘nalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan soha rahbarlari va mas’ullarining Prezidentga hisobotlari rejalashtirilgan.
Shuningdek, Dalatimiz rahbari ishtirokida respublikadagi arxitektura qurilish oliygohlari transformatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari hafta davomida Shavkat Mirziyoyevning Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter