Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev yangi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev yangi qarorni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bugun Shavkat Mirziyoyev «Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni (PQ-117, 10.04.2023-y) imzoladi.

Qarorda tizimga oid bir qator vazifa hamda qoidalar belgilandi. Jumladan:

2023 yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan 2 975 ta loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi qat’iy nazoratga olinadi. Bunda:

— jihozlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish so‘nggi muddati etib joriy yilning iyul oyi;

— qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish so‘nggi muddati etib avgust oyi belgilanadi;

- tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunda, majburiy ovoz yig‘ishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi;

- tashabbusli budjet jarayonida ovoz to‘plash va g‘oliblarni aniqlash mexanizmini tanqidiy ko‘rib chiqish, jumladan keng jamoatchilik bilan muhokama qilgan holda takliflar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring