Shavkat Mirziyoyev xorijda qolib ketgan fuqarolarni olib kelishni buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir A.Aripov boshchiligida maxsus Respublika komissiyasiga koronavirus pandemiyasi tufayli xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimizni qaytarish bo‘yicha topshiriq berdi. Jumladan, yurtdoshlarimizni vatanga qaytarish uchun parvozlarni tashkil etish masalasi ko‘riladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Komissiya zudlik bilan O‘zbekistonga parvoz qiladigan quyidagi charter reyslar grafigini tuzib chiqdi:
- 21-mart kuni Moskva shahridan (Rossiya) soat 03:30da; Deli shahridan (Hindiston) soat 17:30da;
- 22-mart kuni Kuala-Lumpur shahridan (Malayziya) soat 04.30da; Moskva shahridan (Rossiya) soat 05:00da, Istanbul shahridan (Turkiya) soat 06:00da va Novosibirsk shahridan (vaqti aniqlashtirilmoqda);
- 23-mart kuni Seul shahridan (Koreya Respublikasi) soat 02:00da;
- 24-mart kuni Djakarta shahridan (Indoneziya) soat 07:00da;
- 26-mart kuni Bangkok shahridan (Tayland) soat 01:00da.
Boshqa mamlakatlardan ham fuqarolarni qaytarish davom ettiriladi.
O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter