Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov qo‘ng‘iroqlashib oldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 may kuni Turkmaniston Milliy kengashi xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qilgan.
Muloqotda:
- O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash;
- mintaqaviy parlamentlararo muloqot;
- Ashxobod shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning birinchi Parlamentlararo forumi hamda Xotin-qizlari muloqoti natijalari;
- forum ishini muntazam yo‘lga qo‘yish, uning doimiy faoliyat yuritadigan kotibiyatini tuzish taklifi kabi masalalar muhokama qilingan.
Xalqaro kun tartibi yuzasidan, mintaqaviy hamkorlikni davom ettirish va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi samarali sheriklikni rivojlantirish, shu jumladan Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, uning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha fikr almashilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter