Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev «UzAuto Motors»ga yana bir topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev «UzAuto Motors»ga yana bir topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022-yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil etish bo‘yicha barcha masalalar hal qilib berilgani va bunga budjetdan 100 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani ham ko‘rsatib o‘tildi.

Uch oy muddatda «Texnolog» va «Agregat» zavodlari asbob-uskunalarini «Chirchiq klasteri»ga ko‘chirib, qurilish-montaj ishlarini joriy yilning 1 dekabr sanasiga qadar to‘liq yakunlashga ko‘rsatma berildi.

«Bu degani «Chirchiq klasteri» 2023-yildan to‘liq ishlashni boshlashi kerak», — dedi davlatimiz rahbari.

Soha rahbarlari oldiga joriy yilda qishloq xo‘jaligi mashinasozligida:

- qishloq xo‘jaligi texnikasi tannarxini 12 foizga kamaytirish;

- ishlab chiqarishni 2 barobarga oshirish;

- eksportni 15 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari yana avtomobil uchun navbatlar mavzusiga qaytib, navbatda turgan har bir buyurtmachiga «UzAuto Motors» kompaniyasi tomonidan avtomobil yetkazib beriladigan aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma yo‘llash bo‘yicha topshiriq berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring