Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev tomonidan yangi qonun imzolandi

Shavkat Mirziyoyev tomonidan yangi qonun imzolandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

«MDH ishtirokchi – davlatlarining soxta tovar belgilari va geografik ko‘rsatkichlardan foydalanishning oldini olish va unga chek qo‘yish bo‘yicha hamkorligi to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida»gi Qonun (O‘RQ–751-son, 07.02.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Bitimning asosiy maqsadi adashtirib yuborish darajasida bir xil bo‘lgan tovar belgilari va geografik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq holatlarni aniqlash, ularning oldini olish hamda ogohlantirish, MDH ishtirokchi – davlatlari chegaralarida bu kabi tovarlarning harakatlanishining oldini olish bo‘yicha tomonlarning hamkorlik qilishiga kerakli shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Mazkur bitim 2021-yil 28mayda Minsk shahrida qabul qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring