Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarini tabrikladi
Mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida bayram qilinadi. Bu yilgi bayram tadbiri poytaxtimizdagi «Turkiston» saroyida o‘tkazildi.
Dastlab, prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Tabrikda ta’kidlanganidek, tinchlik va sog‘liq – bu har bir inson, butun aholimiz uchun hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydigan buyuk ne’mat. Faqat sog‘lom inson va xalq mislsiz ishlarga qodir bo‘ladi.
Bayram munosabati bilan davlatimiz rahbarining soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmoni asosida fidoyi tibbiyot xodimlari davlatimizning yuksak unvonlari bilan taqdirlandi.
Tadbirda ana shu mukofotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva tantanali topshirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter