Shavkat Mirziyoyev samolyot halokatga uchragani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom hududidagi Uchjou shahri yaqinida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.
Eslatib o‘tamiz, 21 mart kuni Xitoy sharqidan janubiga yo‘l olgan Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida 132 kishi, jumladan 123 yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumot berilgani yo‘q. Ayrim OAV Xitoy qutqaruv xizmati rasmiysiga iqtibos keltirgan holda samolyot qulashi chog‘ida parchalanib ketganini ma’lum qildi.
Tarmoqlarda samolyot qulagan hududda olingan kadrlar tarqalmoqda. Ularda «Boing»ning parchalari va yuzaga kelgan yong‘in aks etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter