Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev «rastamojka»ni 2 baravar qisqartirish vazifasini qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev «rastamojka»ni 2 baravar qisqartirish vazifasini qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasiga uch kun muddatda import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga (30 foizdan 15 foizga) pasaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishga topshiriq berdi.

Yig‘ilishda oshib borayotgan ichki talabni qondirish maqsadida birinchi yarim yillikda kamida 160 mingta avtomobil ishlab chiqarish lozimligi ta’kidlandi. Yil yakuniga qadar 275 mingta avtomobil ishlab chiqarish uchun zarur butlovchi qismlarni o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha nazorat o‘rnatish topshirildi.

«Shu bilan birga, aholimiz avtomobil bozorida takliflarni keskin oshirish bo‘yicha amaliy natijalarni hozir kutmoqda», dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Soha rahbarlariga 2022 yilda:

tannarxni kamida 5 foizga kamaytirish, 100 million dollarlik import o‘rnini bosish;

23 loyiha doirasida 600 turdagi butlovchi qismlarni o‘zlashtirib, mahalliylashtirishni 48 foizdan 56 foizga oshirish;

336 million dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirib, 3 ta loyihani (Tracker, Onix va yangi dvigatellar ishlab chiqarish) ishga tushirish lozimligi ko‘rsatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring