Prezident qashqadaryolik nuroniylar bilan muloqot qildi

O‘zbekiston prezidenti Qarshi shahridan Shahrisabzga ketayotib, poyezdda qashqadaryolik faollar bilan muloqotda bo‘ldi.
Suhbatda shaharu qishloqlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti, bugungi tinchlik qadri haqida so‘z bordi, deyiladi xabarda.

Prezident iqtisodiyot rivoji, aholi kayfiyatida yo‘llarning ahamiyati yuqori ekanini ta’kidlab, bu borada mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Oxirgi 2 yilda yurtimizda 40 ming kilometr yo‘l va 540 ta ko‘prik ta’mirlangan. Bu yil Qashqadaryoda jami 100 kilometr magistral yo‘llar ta’mirlanishi rejalashtirilgan. Bu loyihalarni tezlashtirish, yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Nuroniylar bu o‘zgarishlarni xalqimiz o‘z hayotida sezayotgani, islohotlarga yuqori baho berayotganini aytishdi. Xotin-qizlar vakili barcha sohalarda ayollarga keng imkoniyatlar berilgani, natijada ular o‘z oilasi va mehnat jamoalarida qadr topib, hayotidan rozi bo‘lib yashayotganini so‘zlab berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter