Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga mamlakatda sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishi oqibatida kuzatilgan katta talafotlar munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

«Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odam qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi.

Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi», – deydi Sherzod Asadov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyadagi zilzilada jabrlanganlar orasida, hozircha O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring