Shavkat Mirziyoyev yana bir qonunni imzoladi
Prezident tomonidan yangi qonun imzolandi.
Qonun (O‘RQ–754, 15.02.2022-y.) bilan Jinoyat kodeksining 132-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ob’yektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish:
● takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
● ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
● bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.
O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.
Ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlik:
- fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (810 ming so‘mgacha);
- mansabdor shaxslarga esa 5 baravarigacha (1 mln 350 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter