Shavkat Mirziyoyev O‘mon sultoni va xalqiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘mon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said nomiga sulton Qobus bin Saidning vafot etgani munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etib maktub yo‘lladi.
«Ul zot sultonlik taraqqiyoti va ravnaqi, mamlakat xalqining farovonligi va xalqaro maydondagi o‘rnini har tomonlama mustahkamlash yo‘lida beqiyos sa’y-harakatlarni amalga oshirgan o‘z Vatanining chinakam fidoyi farzandi hamda xalqining cheksiz hurmatiga sazovor bo‘lgan taniqli va mohir davlat arbobi edilar», deyiladi hamdardlik nomasida.
Eslatib o‘tamiz, Uzoq vaqt davom etgan xastalikdan so‘ng, 10-yanvar kuni O‘mon sultoni Qobus bin Said 80 yoshida vafot etdi.
Bugun, 11-yanvar kuni mamlakat madaniyat va milliy meros vaziri Haysam bin Toriq Ol Said O‘mon sultoni bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter