Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev neft va gaz sohasiga oid qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev neft va gaz sohasiga oid qarorni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–309-son, 07.07.2022 y.) qabul qilindi

Qaror bilan Neft va gaz sohasidagi ta’lim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi.

Neft va gaz sohasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash ta’lim klasterining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Ta’lim klasteri doirasida:

maktab o‘quvchilarini ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor kasblarga yo‘naltirish maqsadida:

  • aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv rejasi joriy qilinadi;
  • ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan maktab o‘quvchilari uchun ekskursiyalar hamda soha faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi;

professional va oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv jarayonini ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan integratsiya qilish yo‘nalishida:

  • fan va mavzular amaliyotga yo‘naltiriladi;
  • talabalarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalari shakllantiriladi;
  • xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari ulushi oshiriladi.

2022-2023 o‘quv yilidan Ta’lim klasteri tarkibiga kiruvchi:

professional va oliy ta’lim tashkilotlarida neft va gaz sohasi bo‘yicha tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilar va talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalarining stipendiyalari joriy etiladi;
ishlab chiqarish korxonalarining kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini «O‘zbekneftgaz» AJning tavsiyanomasi asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, keyinchalik o‘zi ishlab turgan korxonada kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida maqsadli o‘qitish tartibi joriy etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring