Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev may oyida Xitoyga borishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev may oyida Xitoyga borishi mumkin

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil may oyida «Xitoy – Markaziy Osiyo» sammitida ishtirok etishi va Xitoyga davlat tashrifi bilan borishi mumkin. Bu haqda XXR raisi Si Szinpinning O‘zbekiston rahbariga Navro‘z bayrami munosabati bilan yozgan tabrigida eslab o‘tiladi.  

«Men Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qarataman. Sizning joriy yil may oyiga rejalashtirilgan ilk «Xitoy – Markaziy Osiyo» sammitida ishtirok etishingizni va Xitoyga davlat tashrifingizni kutib qolaman», – deyiladi tabriknomada.

Si Szinpin, shuningdek,  Prezident Mirziyoyev bilan birgalikda Xitoy – Markaziy Osiyo munosabatlari istiqbollari hamda mamlakatlarning ikki tomonlama hamkorligiga oid katta rejalarini muhokama etish O‘zbekiston-Xitoy hamkorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarishiga ishonch bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring