Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Markaziy harbiy klinik gospitalini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy harbiy klinik gospitalini borib ko‘rdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu gospital o‘tgan asrning qirqinchi yillarida qurila boshlagan. Bugungi kunda shifoxona qariyb 16 gektar maydonni egallagan.

Shavkat Mirziyoyev ushbu gospital sobiq tuzum loyihasi asosida qurilgani va eskicha tartibda ishlab kelayotgani, bunday zamon o‘tib bo‘lganini ta’kidladi.

«Ushbu gospitalni davlat-xususiy sheriklik asosida ish yuritishga o‘tkazish, boshqaruvda zamonaviy menejmentni joriy etish zarur. Shunda daromad ham bo‘ladi, sifat ham ta’minlanadi», dedi Prezident.

Shifoxona hududini optimallashtirish, binolarni rekonstruksiya qilish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, bu yerga xorijiy klinikalar va mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring