Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Kuba rahbariga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Kuba rahbariga hamdardlik bildirdi

Foto: «president.uz»

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kubada sodir bo‘lgan samolyot halokati tufayli Kuba davlat Majlisi va Vazirlar kengashi raisi Migel Mario Dias-Kanelga hamdardlik bildirdi.

«Kuba xalqi uchun shunday og‘ir kunda hamdardligimni qabul qilishingizni so‘rayman, halok bo‘lganlarning yaqinlariga ta’ziya izhor qilib, jarohatlanganlarning sog‘ayib ketishini tilayman», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur halokat natijasida 107 nafar kishi halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring