Shavkat Mirziyoyev Dushanbega jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida qatnashish uchun Dushanbega jo‘nab ketdi.
Estatib o‘tamiz, 27-28-sentyabr kunlari Tojikiston poytaxtida MDH davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Shavkat Mirziyoyev sammitdagi ishtiroki davomida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlarni ham o‘tkazadi.
Dushanbe sammitida 2019-2023-yillarga mo‘ljallangan birgalikda jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlari davlatlararo dasturi, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolanishi kutilmoqda.
Shuningdek, ushbu sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev tojik metallurglari shahri — Tursunzodaga tashrif buyurishi va «Tojik alyuminiy kompaniyasi» (TALKO) faoliyati bilan tanishishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter