Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Chilonzorda mahalla ahli bilan ko‘chat ekdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Chilonzorda mahalla ahli bilan ko‘chat ekdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Oqtepa va Bog‘zor mahallalariga tashrifi chog‘ida jamoatchilik bilan birga ko‘chat ekdi.

«Prezident tashabbusi bilan daraxt ekish, yashil hududlarni ko‘paytirish katta harakatga aylanmoqda. Bu mavsumda 85 million tup ko‘chat o‘tqazilishi mo‘ljallangan. O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan har bir mahallaga 200 tadan ko‘chat bepul yetkazib beriladi. Shuningdek, 15-oktyabrdan barcha tuman va mahallalarda ko‘chat yarmarkasi tashkil qilinadi», – deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.

Mahalla aholisi bilan suhbatda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni haqida so‘z bordi.

– Bugun kelishimizdan maqsad - o‘tgan yilgi saboqdan natija nima bo‘lganini ko‘rish, – dedi davlatimiz rahbari. – Buning uchun kerakli qarorlar qabul qildik, katta mablag‘lar ajratdik. Xorijdan texnologiyalar, mutaxassislar olib keldik. Soha xodimlari qo‘shimcha o‘qitildi, ularning oyliklari oshirildi. Hozir rahbarlarga har bir mahalla, har bir ko‘p qavatli uy, maktab, shifoxonalarga kirib, issiqlikni kafolatlash bo‘yicha yana topshiriqlar berdim. Eng muhimi, bu borada xalq nazoratini yo‘lga qo‘yamiz. Shu bilan birga, energiya tejamkorlik madaniyatini oshirish kerak. Sizga o‘xshagan ko‘pni ko‘rgan insonlar, ziyolilar bunda namuna, davlatga ko‘makchi bo‘lishi zarur.

Jamoatchilik vakillari kuz-qishga tayyorgarlikni, yurtimizdagi o‘zgarishlarni e’tirof etib, o‘z uylari va barcha muassasalarda issiqlikni asrashda jonkuyar bo‘lishlarini ta’kidlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring