Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev bugun Zangiota tumani va Yangiyo‘l shahriga borishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev bugun Zangiota tumani va Yangiyo‘l shahriga borishi kutilmoqda

Foto: «Xs.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun, 5-yanvar kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumani hamda Yangiyo‘l shahriga borishi kutilmoqda. Bu haqda «Xabar.uz»ga hukumatdagi o‘z manbalari ma’lum qildi.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ma’lumotga oydinlik kiritish uchun Zangiota tumani va Yangiyo‘l shahri hokimliklari bilan bog‘lanib ko‘rishga urinib ko‘rdi. Zangiota tumani hokimligidagilar qo‘ng‘iroqlarimizga javob berishmadi. Yangiyo‘l tumani hokimligi vakili esa Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani, ammo davlat rahbari aynan qachon kelishini bilmasligi, ayni paytda tuman hokimligida rahbarlar ishtirokida majlis bo‘layotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 3-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning dastlabki ish kunlarida Toshkent viloyatiga borishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring