Shavkat Mirziyoyev bugun xorijiy investorlar bilan uchrashadi
Bugun «Ko‘ksaroy» qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Majlis doirasida davlatimiz rahbari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso hamda qator xorijiy kompaniyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter