Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Angela Merkel bilan muzokara o‘tkazadi

Shavkat Mirziyoyev Angela Merkel bilan muzokara o‘tkazadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 20-22-yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘ladi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Germaniya poytaxti Berlin shahrida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan muzokaralar o‘tkaziladi.

Kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, madaniy-gumanitar, fan-ta’lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalar o‘rin olgan.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Myunxen shahrida O‘zbekiston Prezidentining Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder, shuningdek, Germaniyaning yetakchi ishbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikka oid ikki tomonlama qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan «Jo‘shqin  Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun 2019-yil 17-18-yanvar kunlari ushbu mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lishi xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring