Shavkat Mirziyoyev 334 nafar mahkumni afv etdi
Prezident O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati 334 kishini afv etdi.
Bu haqda davlat rahbarining tegishli farmoni e’lon qilindi.
Konstitutsiya qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya organlarida jazo o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 334 nafar shaxs afv etilgan.
Afv etilgan shaxslarning 34 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 249 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 6 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 45 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 18 nafarini chet el fuqarolari, 23 nafarini ayol, 15 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar hamda 88 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter