Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sharqiy Gutada vaziyat iziga tushmoqda

Sharqiy Gutada vaziyat iziga tushmoqda

Foto:«Sputnik International»

Suriyaning Sharqiy Guta viloyatida davom etgan bombardimonlar nazariy jihatdan yakuniga yetdi. 11-aprel kuni rus armiyasi bir necha hafta muqaddam isyonchilardan qaytarib olingan Sharqiy Gutadagi vaziyat butunlay iziga tushganini ma’lum qildi. Bu haqda Fransiyaning «Yevropa 1» radiosi xabar qilmoqda.

«Sharqiy Gutadagi vaziyat to‘lig‘icha o‘z iziga tushdi», — deya ma’lum qildi 11-aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida rus armiyasi generali Viktor Poznixir. Uning so‘zlariga ko‘ra rus armiyasi Suriya qurolli kuchlari bilan hamkorlikda gumanitar missiyasini nihoyasiga yetkazgan.

Shuningdek, u Dumadagi isyonchilarning so‘nggi jangchilari hozir shaharni tark etayotganini ham aytib o‘tgan. «Besh kundan buyon Sharqiy Gutada birorta ham o‘q ovozi eshitilmadi», — degan general.

12-apreldan boshlab rus harbiy politsiya bo‘linmalari Sharqiy Gutaga joylashtirila boshlaydi. Generalning so‘zlariga qaraganda, ularning vazifasi xavfsizlikni ta’minlash, tartibni saqlash va mahalliy aholiga yordam berishdan iborat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring