Sharof polvon «Kobalt»ni o‘ziniki qildi
Jizzax viloyatida hosil bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan katta uloq-ko‘pkari musobaqasida ko‘plab sovrinlar qo‘yildi.
Musobaqaning asosiy sovrini — «Kobalt» avtomobili uchun kechgan bellashuvlar qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.
Respublikamizning barcha hududlaridan jam bo‘lgan chavandozlar ichida jizzaxlik Sharof polvonga teng keladigani topilmadi.
Yakunda Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev g‘olibga asosiy sovrin — avtomobil kalitini topshirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter