Shanxayda o‘zbek qovunlari (foto)
«Toshkent-Shanxay» aviamarshruti orqali Xitoyga har xil navli o‘zbek qovunining birinchi partiyasi yetkazib berildi.
Bu «Shanghai Huizhai International Trade Co., Ltd» kompaniyasi tomonidan Shanxaydagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulligi ko‘magida amalga oshirildi.
«Greenland Business & Trade Group» tomonidan esa «G-HUB» global tovar-savdo markazida hamda Shanxayning eng gavjum savdo ko‘chasi — «Nanszinlu»da o‘zbek qovunining taqdimoti tashkil etildi.
Taqdimotlar doirasida Shanxay megapolislari va Sharqiy Xitoyning yaqin viloyatlarining aholisi o‘z ta’mi va tabiiyligi uchun yuqori baholangan o‘zbek qovunini tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
O‘zbek qovunlari Shanxay shahridagi yirik chakana savdo va bozorlarda sotila boshlagan va Xitoyning boshqa viloyatlariga ham yuborilishi rejalashtirilgan.
Dunyoda qovun ishlab chiqaruvchi asosiy mamlakat Xitoy bo‘lsa-da, O‘zbekiston qovunlarini Xitoy bozoriga chiqarish istiqbollari yuqori baholanmoqda.
Yaqin kelajakda qovun yetkazib berishni ko‘paytirish, shuningdek, anor, limon, achchiq qalampir va boshqa mahsulotlarning Xitoyga eksportini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter