Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrixondagi ayanchli YTH haqida rasmiy ma’lumot berildi

Shahrixondagi ayanchli YTH haqida rasmiy ma’lumot berildi

Kecha, 23-oktyabr kuni soat 17:30 larda Andijon viloyati Shahrixon tumani Qo‘rg‘oncha MFY hududidan o‘tgan, A-373 «Toshkent-O‘sh»  xalqaro avtomobil yo‘lining 402 km.da avariya sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Spark va Cobalt rusumli avtomobillar bir-biri bilan to‘qnashishi natijasida yo‘l-transport hodisasi yuzaga kelgan.

Oqibatda Sobalt rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan hamda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan boshqa bir Cobalt rusumli avtomobiliga borib urilgan.

Natijada kelib urilgan Cobalt rusumli avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.

YTH natijasida kelib urilgan Cobalt rusumli avtomobil yo‘lovchisi turli darajada tan jarohatlari olib, tuman ShTTYoBga yuborilgan.

Hodisa oqibatida xalok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deyiladi FVV ma’lumotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring