Shahriston metrosida yarim soat harakat to‘xtab qoldi
Bugun 23-oktyabr kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘li Shahriston metro bekatida nosozlik kuzatildi. Natijada metro qariyb yarim soat davomida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata olmagan. «Toshkent metropoliteni» DUK mazkur holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.
«Joriy yilning 23 oktyabr sanasi soat 09:46 lar atrofida Shahriston metro bekatining aylanma yo‘lidan harakatga chiqishi lozim bo‘lgan 64-sonli poyezd havo kompressorida texnik nosozlik holati aniqlangan.
Holat yuzasidan tezkor ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi soat 10:17 da harakatlana boshlagan. Bu esa, yo‘nalishda belgilangan vaqt intervallari uzayishiga olib kelgan.
Hozirgi vaqtda poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Korxona yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter