Shahrisabzdagi tug‘uruqxonada 2 kunlik chaqaloq vafot etdi. Holat prokuratura nazoratiga olingan
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limida vafot etgan 2 kunlik chaqaloq yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur shifoxonaning tug‘ruq bo‘limida 5-avgust kuni tug‘ilgan go‘dak 7-avgust kuni vafot etgan. Hozirda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, o‘sha kunning o‘zida ish bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza hamda tibbiyot birlashmasi xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter