Shahrisabzda olis tog‘ qishlog‘iga eltuvchi yo‘lda qor ko‘chkisi yuz berdi
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi tog‘li Ko‘l qishlog‘iga eltuvchi avtomobil yo‘lida joriy yil 16-fevral kuni 1200 m3 hajmda qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga zudlik bilan tuman hokimligi va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari borib, ushbu qor massalarini zarur texnikalar yordamida to‘liq bartaraf etilgan va avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu manzilda bugun, 17-fevral kuni soat taxminan 10.30 lar yana bir bor qor ko‘chishi kuzatilgan, natijada yo‘lning taxminan 15 metr qismini qor massasi yopib qo‘ygan. Hozirda ushbu ko‘chki oqibatlari mexanizatsiya kuchlari yordamida bartaraf etilmoqda.
Ushbu ikkita holat oqibatida hech bir bino inshootlarga zarar yetmagan, tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter