Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahram G‘iyosovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Shahram G‘iyosovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (7-0, 6 KO) aprel oyida o‘zining sakkizinchi jangini o‘tkazadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Shahram 26 aprel kuni navbatdagi jangi uchun ringga ko‘tariladi. Hozircha uning raqibi ma’lum emas. Jang Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida joylashgan mashhur kazino markazi Forum saroyida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur boks oqshomining markaziy jangida ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasining WBA chempionlik kamari sohibi amerikalik Daniel Roman (26-2-1, 10 KO) va IBF kamari egasi avstraliyalik Terens Doeni (21-0, 15 KO) kamarlarni birlashtiruvchi jangda ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov so‘nggi jangida Meksikada mahalliy bokschi Edgar Puertani (25-12-1, 19 KO) beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring