Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi (video)

Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi (video)

Professional bokschimiz Shahram G‘iyosov bugun Meksikaning Tixuana shahrida o‘zining yettinchi jangida ringga ko‘tarildi va navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shaxram mezbon sportchi Edgar Puertoga qarshi ringga ko‘tarildi. Beshinchi raundda uning ketma-ket zarbalaridan so‘ng raqib murabbiylari hakamdan jangni to‘xtatishni so‘rashdi. Shu tarzda Shahram bu jangini ham muddatidan oldin texnik nokaut bilan o‘z foydasiga hal qildi.

Mazkur bahs orqali G‘iyosov faoliyatidagi yettinchi jangida yettinchi g‘alabani rasmiylashtirdi. Ularning 6 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.

Meksikalik Edgar Puertoning o‘tkazgan janglari soni esa 38 taga yetdi. Ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (19 ta nokaut). 12 marotaba mag‘lubiyatga uchragan (6 ta nokaut) va 1 ta durangga erishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring