Shahram G‘iyosov interkontinental kamarini qo‘lga kiritdi (video)

Xabar berganimizdek, professional boksda faoliyat olib borayotgan Shahram G‘iyosov bugun o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Uning raqibi AQShlik Emmanuel Teylor bo‘ldi. AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan 10 raundlik boks jangida hakamlar bir ovozdan (99-91, 99-91, 97-93) hamyurtimizning ustunligini qayd etishdi. Shahram interkontinental kamarini qo‘lga kiritdi.
Jangning to‘liq variantini quyidagi videoda ko‘rishingiz mumkin:
Shahram G‘iyosov shu paytgacha professional boksda yettita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan va 6 bor raqiblarini nokautga uchratgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter