Shahlo Ahmedovaning O‘zbekistonda taqiqlangan klipi Rossiyada namoyish etildi
Shahlo Ahmedovaning o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydi, deb baholanib, ekranlarga qo‘yilmagan «Letniye dojdi» (Yoz yomg‘irlari) nomli qo‘shig‘i Rossiyaning «RU.TV» telekanalida namoyish etildi.
Telekanalning rasmiy saytida klip «Davay poprobuyem» (Kel, sinab ko‘ramiz) nomli ovoz berish bo‘limida paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi «sharqona odob-ahloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etilgan» klipi uchun Shahlo Ahmedovaning litsenziyasidan mahrum qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter