Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YouTube «kliplar» funksiyasini ishga tushirmoqda (video)

YouTube «kliplar» funksiyasini ishga tushirmoqda (video)

Foto: «Online Tech Tips»

YouTube «kliplar» (Clips) funksiyasini sinovdan o‘tkazyapti — unga ko‘ra, odatiy videolar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyalardan istalgan qismini qirqib olib, boshqa foydalanuvchilarga ulashish mumkin.

«Kliplar» taym-kodlardan qulayroq: videoning o‘zingizga kerakli qismini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqata olasiz, saytga joylaysiz, elektron pochtada jo‘natishingiz yoki unga havola yaratishingiz mumkin. Bitta klipning uzunligi 5–60 soniyani tashkil etadi.

Yangi funksiya hozir alfa-testlash bosqichida, cheklangan foydalanuvchilar uchun ochiq, deyiladi servis vakillari axborotida. «Kliplar»ni ham hozircha YouTube videoxostingining veb-talqinida yaratish mumkin, mobil ilovalarda bu imkoniyat keyinroq paydo bo‘ladi.

Yangi funksiyani quyidagi rolik misolida sinab ko‘rish mumkin. Buning uchun «Klip yaratish» («Sozdat klip») tugmasi bosiladi ((dizlayk belgisi yonida joylashgan), vaqt chegaralari tanlanadi, sarlahva qo‘yiladi (140 belgigacha), so‘ngra «Klipni ulashish» («Podelitsya klipom») tugmasi bosiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring