Shaharlararo elektropoyezdlarning harakat jadvali o‘zgaradi
Yo‘lovchilarning talablarini inobatga olib, joriy yil 29-oktyabrdan boshlab, «Toshkent-Xo‘jakent-Toshkent» hamda «Toshkent-Bekobod-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan shaharlararo elektropoyezdlarning harakat jadvali o‘zgartiriladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’lum qilmoqda.
Unga ko‘ra:
«Toshkent -Xo‘jakent» yo‘nalishida harakatlanadigan 6435 sonli elektropoyezdi 29-oktyabrdan soat 13:44 da;
«Xo‘jakent-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanadigan 6436 sonli elektropoyezd soat 16:20 da;
«Toshkent-Xo‘jakent» yo‘nalishida harakatlanadigan 6437-sonli elektropoyezdi soat 17:00 da;
«Bekobod-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanadigan 6449-sonli elektropoyezdi soat 06:55 da;
«Toshkent-Bekobod» yo‘nalishida harakatlanadigan 6450-sonli elektropoyezdi 2021-yil 2-noyabrdan boshlab, Xovost stansiyasigacha amaldagi jadval bo‘yicha, Xovost stansiyasidan soat 19:37 da harakatlanadi.
Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter