Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sevastopolga raketa hujumidan so‘ng AQSh elchisi Rossiya TIVga chaqirildi

Sevastopolga raketa hujumidan so‘ng AQSh elchisi Rossiya TIVga chaqirildi

Joriy yilning 23-iyun kuni soat 12:20 atrofida Sevastopolga raketa zarbalari yo‘llangan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi shaharga qilingan havo hujumi «Amerikaning kassetali o‘q-dorilarga ega ATACMS raketalari» yordamida amalga oshirilganini bildirdi.

Harbiy idora tarqatgan xabarga ko‘ra, to‘rtta raketa urib tushirilgan, yana bitta raketa «havo hujumidan mudofaa vositalari harakati ta’sirida oxirgi bosqichda parvoz trayektoriyasidan chetga og‘gan va jangovar qismi shahar hududi ustida portlagan».

Rossiya SSV hodisada 5 kishi halok bo‘lib, 124 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Mazkur voqea ortidan AQSh elchisi Lin Treysi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi.

«Unga Vashingtonning Ukrainani jangovar harakatlarni davom ettirishga undashga qaratilgan harakatlari jazosiz qolmasligi aytildi», – deyiladi TIV xabarida.

Shuningdek, AQShning Moskvadagi elchisiga demarsh (norozilik) berilgan.

AQSh elchisiga aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar Qrimdagi terakt uchun Kiyev rejimi bilan teng javobgardir.

«Rossiyaga qarshi gibrid urush olib borayotgan va aslida mojaro tarafiga aylangan Qo‘shma Shtatlar Ukraina Qurolli kuchlarini eng zamonaviy qurol-yarog‘lar bilan ta’minlamoqda. Bu vahshiylik uchun Kiyev rejimi bilan teng javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak», – deyiladi Rossiya TIV xabarida.

Elchiga, shuningdek,  Vashingtonning Ukrainani bunday qo‘llab-quvvatlashi jazosiz qolmasligi aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring