Sevara Ubaydullayeva vaksinadan keyingi ehtimoliy o‘lim bo‘yicha ma’lumot berdi
«Vaksinadan keyin nojo‘ya ta’sirlar yoki o‘lim holati kuzatilishi mumkin, bu haqda vaksina ishlab chiquvchilar tomonidan yo‘riqnomada yozilgan», — deydi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi deydi Sevara Ubaydullayeva.
Biroq vaksinadan so‘ng kuzatiladigan o‘lim holati vaksina olgandan keyingi 1 soat oralig‘ida kuzatilishi mumkin.
O‘tib ketuvchi nojo‘ya ta’sirlar esa, vaksina olgandan keyingi 3 kunlik davomida kuzatilishi mumkin, lekin ular keyin o‘tib ketadi. Shuni unutmaslik kerakki, bunday holatlar inson organizmining individual xususiyatidan kelib chiqib kuzatiladi.
«Turli nojo‘ya oqibatlar kelib chiqmasligi uchun vaksina olgandan keyingi kunlarda o‘z salomatligingizni muhofaza qiling»,—deydi S.Ubaydullayeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter