Yosh «Tik-tokchi» serqatnov yo‘l o‘rtasida ovqatlandi. IIBB izohi
Tarmoqda yo‘lning qatnov qismini ajratib turuvchi bordyur ustida yosh yigitning ovqatlanayotganligi aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 31-yanvar kuni voyaga yetmagan 2004 yilda tug‘ilgan S.O., Shayxontohur tumani Xadra m.f.y. hududidagi yo‘lning qatnov qismidagi bordyur ustida ovqatlanganligi videotasvirga olingan. Voyaga yetmagan S.O. ushbu xatti-harakatlari bilan o‘zini va atrofdagi shaxslarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan, deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan S.O. bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi, uning onasiga esa O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga («Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik») asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter