«Mendirman Jaloliddin» serialining davomi suratga olinadi
Xivada tashkil etilgan «Madaniy meros haftaligi» doirasida bir qator xalqaro darajadagi uchrashuvlar, yig‘ilishlar va madaniy tadbirlar ham o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Ozarbayjon Madaniyat vaziri Anar Karimov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida «Mendirman Jaloliddin» seriali muxokamasi bo‘lib o‘tdi.
Ozodbek Nazarbekov «Mendirman Jaloliddin» serialining keyingi fasllarini suratga olishda Ozarbayjon tomonining ham hamkorlik qilishini so‘radi.
«Jaloliddin Manguberdi tarixini o‘rganishda Ozarbayjon tarixchi va adiblarining o‘rni katta. Shunday ekan, serialning navbatdagi 2 va 3-fasllarini suratga olishda Ozarbayjon bilan xamkorlik qilishni rejalashtirganmiz. Bizga ayniqsa ozarbayjon aktyorlarining madadi kerak», - dedi vazir.
Bu taklif Ozarbayjon madaniyat vaziri tomonidan to‘laqonli ma’qullandi va serialda Ozarbayjon aktyorlari ishtiroki ta’minlanadigan bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter