Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergey Lavrov: «G‘arb bilan munosabatlar «sovuq urush» paytidagidan ham yomonroq»

Sergey Lavrov: «G‘arb bilan munosabatlar «sovuq urush» paytidagidan ham yomonroq»

Foto:« Politicio Europe»

«O‘ylaymanki, munosabatlarimiz «sovuq urush» davridagidan ham yomonroq. Chunki sovuq urush paytida aloqa kanallari bor edi va sanksiyalar orqali amalga oshirilayotgan, genotsiddek ko‘rinayotgan rusofobiya yo‘q edi», — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «BBC» telekanaliga bergan intervyusida.

Suriyada kimyoviy quroldan foydalanilgani haqidagi taxminlarga javoban vazir Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh keltirayotgan dalillar faqatgina OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga asoslanganini ta’kidladi.

«7-aprel kuni Dumada kimyoviy qurol qo‘llangani borasida hech qanday isbot yo‘q», — qo‘shimcha qildi Lavrov.

Avvalroq G‘arb Damashqni Sharqiy Gutadagi Duma shahriga kimyoviy hujum uyushtirganlikda ayblagan edi. Ammo Moskva go‘yoki suriyalik harbiylar tomonidan tashlangan xlorli bomba haqidagi xabarni inkor etdi. Rossiya TIV zaharlovchi vositalar to‘g‘risidagi uydirmalardan ko‘zlangan maqsad terrorchilarni yoqlash va ehtimoliy tashqi zarbalarni oqlash deb ta’kidlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring