Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelidagi maktab hududida 44 yoshli ayolning jasadi topildi

Sergelidagi maktab hududida 44 yoshli ayolning jasadi topildi

Joriy yil 1-dekabar kuni soat 7:30 larda Toshkent shahar Sergeli tumani Qo‘yliq-5 mavzesida joylashgan 47-sonli maktab hududida ayol jinsiga mansub fuqaroning murdasi topildi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv natijasida mrdaning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Ma’lum qilinishicha, u Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi Qo‘rg‘ontepa mahallasida doimiy ro‘yxatda turgan 1979-yilda tug‘ilgan M.M. bo‘lib, vaqtinchalik ishsiz va vaqtinchalik Toshkent shahar hududi ko‘chalarida yashab kelgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Xabar.uz’ga ma’lum qilishicha, murdaga o‘sha kunning o‘zida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Ekspertizaning dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro M.M. ning o‘limi «surunkali yurak ishemik kasalligi, kardioskleroz, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, alkagoldan o‘tkir zaharlanish, bosh yuqori va pastki lab yumshoq to‘qimalarini lat yeyishlari, pastki lab ezilib yirtilgan yarasi, yuz, tana, qo‘l va oyoq sohalari qontalashmalari va teri shilinmalari, ichki a’zolari to‘laqonligi» natijasida vujudga kelganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring