Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelidagi fojia bo‘yicha tergovga xalaqit qilmaslik so‘raldi

Sergelidagi fojia bo‘yicha tergovga xalaqit qilmaslik so‘raldi

Sergeli tumanida ayol kishi uch nafar farzandini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, hozirgi kunda sodir bo‘lgan voqea bilan bog‘liq holatlar yuzasidan turli ijtimoiy tarmoqlarda surishtiruvlar o‘tkazilib, vafot etgan shaxs hamda uning yaqin qarindoshlarining shaxsiy hayoti, sha’niga doir ma’lumotlar har xil talqin qilingan holda ommaviy axborot vositalarida tarqatib kelinmoqda.

Qayd etilishicha, tarqatilayotgan ushbu ma’lumotlar tergovning ob’yektiv va xolisona olib borilishiga xalaqit qilmoqda.

«Jinoyat-protsessual kodeksi talablaridan kelib chiqib, tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatish va tergovga aralashish qonun bilan taqiqlanishini eslatib o‘tamiz.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, tergov tugaguniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu fojiaga oid ma’lumotlarni tarqatmaslik va fuqarolar shaxsiy hayotini muhokama qilmaslikka chaqiramiz.

Tergov natijasi haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz,   3 aprel kuni soat 19.20 larda Sergelida ayol 3 nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan pastga tashlagani haqida xabarlar tarqalgandi.

Oqibatda barchasi hodisa joyida vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o‘ldirish) va 103 (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring