Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Serdar Berdimuhammedov hukumatni to‘liq iste’foga chiqardi

Serdar Berdimuhammedov hukumatni to‘liq iste’foga chiqardi

Turkmanistonning yangi prezidenti Serdar Berdimuhammedov davlat rahbari sifatida yangi qarorni imzoladi.

U inauguratsiyadan so‘ng darhol o‘z vazifasini bajarishga kirishar ekan, Turkmaniston Konstitutsiyasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a’zolarining to‘liq iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Amaldorlar yangi hukumat shakllantirilgunga qadar o‘z vazifasini bajarib turadi.

Eslatib o‘tamiz, 12-mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda ishonchli g‘alaba qozongan  Serdar Berdimuhammedovning inauguratsiyasi 19-mart kuni bo‘lib o‘tdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring